01:47 / 06.01.2021
13910
NASA Yerning 2020 yilda fazodan olingan eng yaxshi suratlarini e'lon qildi 
Foto: NASA

NASA koinot agentligi Yerning 2020 yil davomida Xalqaro koinot stansiyasidan olingan eng yaxshi 20ta suratini to‘plab, videorolik tayyorladi. Suratlar stansiyadagi fazogirlar tomonidan olingan minglab suratlar orasidan tanlab olingan.

Videorolik YouTube’da joylashtirilgan. 

“Xalqaro koinot stansiyasida yashovchi va ishlovchi erkak va ayollar har yil o‘z ona sayyoralarining minglab suratlarini oladilar. Biz NASA mutaxassislaridan sayyoramizning eng yaxshi suratlarini taqdim qilishni so‘radik”, deb aytilgan rolikka izohda.

Top