14:06 / 18.01.2021
8700
Sergeli tumanida sodir bo‘lgan janjal ishtirokchilarining shaxsi aniqlanmoqda - IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining boshqa fuqarolar tomonidan kaltaklanayotganligi, atrofdagilar esa ularni tinchlantirishga harakat qilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 17 yanvardan 18 yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 23:55larda sodir bo‘lgan va soat 00:15da 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilingan.

Tan jarohati olgan fuqaroning shaxsi aniqlangan, u 40 yoshli Z. X. bo‘lib, unga tan jarohati yetkazgan fuqaro va janjaldagi qolgan ishtirokchilarning shaxsi aniqlanmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top