Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
2026 yil 7 yanvar kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida BYD avtomashinasi Nexia-3 bilan to‘qnashib, keyin to‘xtab turgan Cobalt’ga urilib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 16:50 larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida (Xonobodtepa ko‘chasi tomondan) BYD rusumli avtomashina haydovchisi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib o‘tib, 2-darajali yo‘ldan orqaga qayrilayotgan Nexia-3 bilan to‘qnashgan.
Shundan so‘ng BYD avtomashinasi to‘xtab turgan Cobalt avtomashinasiga ham kelib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan keyin BYD haydovchisi sarosimaga tushib, biroz harakatlanib ketgan va to‘xtagan. Qayd etilishicha, u YTH joyini tashlab ketmagan.
Ma’lumotda BYD haydovchisi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, shuningdek, avtomashina boshqarish ko‘nikmasi yo‘q shaxs ekani aytilgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.
Mavzuga oid
20:54
BYD global o‘sishni namoyish etmoqda va O‘zbekistonda o‘z savdo rekordini yangiladi
14:51 / 31.03.2026
Toshkentdagi barcha avtomobillarga yil oxirigacha eko-stiker beriladi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
19:00 / 28.03.2026