08:09 / 05.02.2021
1543
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi 

Prezident qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi. 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur fond:

Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini respublikada va xalqaro miqyosda keng o‘rganadi hamda targ‘ib qiladi;

Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy nashrlar yaratadi hamda ularni respublikada va chet ellarda nashr etadi;

Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga ko‘maklashadi.

Qaror bilan shuningdek, fond Vasiylik kengashi tarkibi hamda fond tuzilmasi ma'qullandi.

Top