17:20 / 22.02.2021
7757
Kongoda Italiya elchisi o‘ldirildi

Bir nechta mashina noma'lum shaxslar pistirmasiga duch kelgan. Hujum natijasida elchining yonida bo‘lgan italiyalik karabiner ham halok bo‘lgan.

Foto: AFP

Italiyaning Kongo davlatidagi elchisi Luka Attanasio qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) agentligi xabar berdi.

Kongoning Actualites yangiliklar portalining yozishicha, Goma shahrida BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi avtomobillariga hujum uyushtirilgan.

Bir nechta mashina noma'lum shaxslar pistirmasiga duch kelgan. Hujum natijasida elchining yonida bo‘lgan italiyalik karabiner ham halok bo‘lgan.

Italiya OAVning yozishicha, hujumdan maqsad odam o‘g‘irlash bo‘lgan.

Top