12:00 / 04.03.2021
2577
Ikki oyda 378 ming yo‘lovchi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi. Ularning 173 nafarida koronavirus aniqlangan

Ikki oy ichida 378 454 nafar yo‘lovchi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi, ularning 173 nafarida koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov ma'lum qildi.

67 studio «Telegram» kanalida xabar berilishicha, O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolardan COVID-19’ga ekspress-test olish bilan bog‘liq muammolar va ularning e'tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar yechimlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Botir Qurbonovning matbuot anjumanida aytishicha, 2020 yilning 25 dekabridan to bugungi kungacha xalqaro aeroportlar orqali 708ta samolyot, temir yo‘llar orqali 8ta poyezd va avtomobil yo‘llari orqali 70 340ta avtotransport respublika hududiga kirib keldi. 

«Ushbu kirib kelgan transportlar yordam 378 454 nafar yo‘lovchi tibbiy sanitariya ko‘rigidan o‘tkazilgan, ulardan 131 874 nafari chet el fuqarolaridir. Kirib kelgan yo‘lovchi va haydovchilardan koronavirus infeksiyasiga namuna olingan bo‘lib, ulardan 173 nafarida ekspress usulida musbat natija aniqlangan. Jumladan, aviayo‘lovchilar orasida 72 nafarda, avtomobil yo‘llari orqali kelgan yo‘lovchi va xalqaro yuk tashuvchilar orasida 101 nafarida musbat natija aniqlangan», dedi Botir Qurbonov.

Avvalroq, chegarada ekspress test tekshiruvlarini tashkil etuvchi kompaniyalar uchun tanlov e'lon qilingani xabar berilgandi

Top