Latviya yaqin beş yil içida Rossiya va Belarus bilan çegarani mustahkamlaş uçun 300 million yevro yönaltiradi. Mudofaa vazirligining tegişli rejasi mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlandi, deb xabar berdi dpa agentligi 5 mart, seşanba kuni.
Rejalarda mamlakatning şarqiy çegarasida turli mudofaa inşootlari, jumladan, askarlar uçun mustahkamlangan pozitsiyalar, tankka qarşi zovurlar, mina va boşqa tösiqlar, şuningdek, öq-dorilar omborlari qurilişi közda tutilgan, deya xabar beradi Latviya Davlat kanselyariyasi.
Departamentning ta’kidlaşiça, uşbu reja Latviya, Litva va Estoniyaning Rossiya yoki Belarus ehtimoliy tajovuzkor harakatlaridan himoya qiliş uçun Yevropa Ittifoqi va NATO şarqiy qanotida yagona mudofaa çiziğini quriş böyiça qöşma taşabbusi bir qismidir.
Boltiqböyi mamlakatlari NATO ittifoqçilari bilan birgalikda Rossiyadan himoyalanişga tayyorlanmoqda
Latviya, Litva va Estoniya mudofaa vazirlari 19 yanvar kuni Rigada bölib ötgan yiğilişda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi fonida Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi bilan çegaralarda qöşma mudofaa çiziğini yaratişga kelişib oldi. Boltiqböyi mamlakatlarining har biri öz istehkomlarini mustaqil ravişda moliyalaştiradi va bu işni NATO davlatlari umumiy mudofaa siyosati bilan muvofiqlaştiradi.
Xususan, Estoniya kelasi yili mamlakatning şarqiy çegarasida 600 ta beton bunker qurişni boşlaşini ma’lum qildi. «Rossiyaning Ukrainadagi uruşi Estoniyani himoya qiliş uçun texnika, öq-dorilar va işçi kuçidan taşqari çegarada mudofaa tuzilmalari ham zarurligini körsatdi», — dedi Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur.
2023 yil iyun oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya Litvada ikki tank bataloniga ega 4000 kişidan iborat Bundesver brigadasini doimiy ravişda joylaştirişga tayyorligini aytdi. Buning uçun infratuzilmani mamlakatda 2026 yilgaça yaratiş rejalaştirilgan.













