Tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish limiti kamaytirilishi mumkin
Kun.uz manbasiga ko‘ra, avtomobil yo‘llari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan miqdori 300 dollardan 100 dollargacha kamaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, boj undirmaslikning yana bir shartini kiritish taklif etilgan – fuqaro chegaradan tashqarida kamida 2 kun yashagan bo‘lishi kerak.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan vaqtda o‘zi bilan bojxona to‘lovlarisiz tovarlar olib kirishi tartibiga o‘zgartirish kiritilish mumkin.
Hozirda, 2018 yildagi qarorga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan quyidagi cheklangan me’yorlari belgilangan:
- xalqaro aeroportlar orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 2000 AQSh dollari miqdorida;
- temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 1000 AQSh dollari miqdorida;
- avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 300 AQSh dollari miqdorida;
- xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlar uchun bir kalendar oy mobaynida – 1000 AQSh dollari miqdorida.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) orqali bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan miqdorini 300 dollardan 100 dollargacha kamaytirish masalasi muhokama qilinmoqda.
Bundan tashqari, boj undirmaslikning yana bir sharti kiritilishi mumkin – fuqaro chegaradan tashqarida kamida 2 kun yashagan bo‘lishi kerak.
Manbaning ta’kidlashicha, ayrim tadbirkorlar odamlarga ma’lum miqdorda haq to‘lab, ular orqali bojxona to‘lovlarisiz tovar olib kirayotgani bu masala ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida

12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi

09:32 / 09.05.2025
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

12:10 / 07.05.2025