Bir qator vakolatli taşkilotlarga Özbekiston Respublikasiga kirib keluvçi şaxslarga arzon va sifatli koronavirusga antigen ekspress test tekşiruvlarini taşkil etiş maqsadida tanlov asosida, jamoatçilikka e’lon bergan holda laboratoriyalarni qayta jalb etiş çoralarini köriş vazifasi yuklatildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Bunga Respublika çegara ötkaziş punktlarida koronavirusga antigen ekspress test tekşiruvlarini ötkaziş yuzasidan köplab şikoyatlar kelib tuşayotgani sabab bölgani aytiladi.
Ma’lum qilinişiça, koronavirusga antigen ekspress test tekşiruvlarni ötkaziş uçun laboratoriyalarni jalb qiliş böyiça ötkaziladigan tanlovning aniq talablarini işlab çiqiş va ommaviy axborot vositalariga joylaştiriş, çegara ötkaziş punktlarida laboratoriyalar faoliyati oçiq raqobat tamoyili asosida taşkil etilişi, çegara ötkaziş punkti orqali kirib keluvçilar soni beş yuz nafardan ortiq bölgan punktlarda laboratoriyalar kamida 2ta bölişi hamda körsatiladigan xizmatlar narxlari arzon va sifatli bölişini ta’minlaş vazifasi maxsus komissiya tomonidan belgilangan.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi xabariga köra, koronavirusga antigen ekspress test tekşiruvlarini ötkaziş xizmatini oçiq raqobat tamoyili asosida taşkil etiş maqsadida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Transport vazirligi va «Uzbekistan airports» AJ bilan birgalikda yangi tanlov hujjatlari işlab çiqildi. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida teng raqobat muhitini yaratişga qaratilgan şartlar asosida Özbekiston Respublikasi aeroportlari tomonidan yangi tanlovlar e’lon qilindi.
Ayni paytda davlat xaridlari portalida 6ta tanlov e’lon qilingan.
«Şuningdek, yaqin kunlarda Toşkent va Urganç aeroportlarida tadbirkorlik sub’yektlari orasida teng raqobat muhitini yaratişga qaratilgan şartlar asosida tanlov e’lon qilinişi rejalaştirilgan», – deyiladi qömita xabarida.
Ta’kidlanişiça, uşbu xizmat turlarini körsatiş imkoniyatiga ega tadbirkorlik sub’yektlari tanlovda teng şartlar asosida iştirok etişlari mumkin.
2020 yil 25 dekabrdan boşlab Özbekistonga koronavirus hamda uning yangi ştammi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida xorijdan keluvçi barça şaxslar öz hisobidan çegara punkti hududida koronavirusga ekspress test oliş tartibi joriy qilingandi.
Toşkent xalqaro aeroportining «Tibbiyot dunyosi» MÇJ bilan imzolagan şartnomasiga köra, test tahlillarini oliş vakolati uşbu korxonaga berilgan va yölga qöyilgan. Kompaniya direktori örinbosari esa jamoatçilikka taniş Bahrom Almatov hisoblanadi.

















