00:00 / 12.03.2021
11654

Koinot stansiyasidan uning tarixidagi eng og‘ir chiqindi tashlab yuborildi

Xalqaro koinot stansiyasidan eski akkumulyator batareyalariga ega keraksiz platforma tashlab yuborildi. Uning umumiy og‘irligi 2,5 tonnani tashkil qilgan va u stansiyadan tashlab yuborilgan eng og‘ir chiqindi bo‘ldi. 

Foto: Roskosmos

Ushbu jarayon NASA tomonidan namoyish qilingan.    

Stansiyaga yangi akkumulyatorlarga ega platforma 2020 yil mayida Yaponiyaning HTV-9 yuk kemasi bilan keltirilgandi. Stansiyaning AQShga qarashli segmentidagi eski akkumulyatorlar yangilari bilan almashtirilgach, keyinroq tashlab yuborilish uchun platformaga o‘rnatilgan.

Platforma masofadan boshqariluvchi manipulyator SSRMS bilan ushlanib, xavfsiz holatga keltirilgan va stansiyadan tashlab yuborilgan.

Ma'lum vaqtdan keyin fazoviy chiqindi orbitadan chiqib, Yer atmosferasining zich qatlamlarida yonib ketadi.

Mavzuga oid
Top