Şaharlardagi tirbandliklar nafaqat aholi hayotini qiyinlaştirayotgani, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi. Şu munosabat bilan dunyo tajribasidan kelib çiqib, avtomobillarning çiqarayotgan zararli moddalari darajasiga qarab ekologik stikerlar beriş amaliyoti yölga qöyiladi.
Yangi tartibga köra, katta miqdorda zararli çiqindi çiqaradigan transport vositalarining poytaxt va viloyat markazlari hamda şaharlarga kirişi çeklanadi. Bunday avtomaşinalar egalariga transportni yangisiga almaştiriş yoki filtr örnatiş orqali çiqindilarni kamaytiriş uçun davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.
Xususan, eski maşinasini yangisiga almaştirmoqçi bölganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab berilişi belgilangan. Filtr örnatib, zararli moddalar çiqarilişini kamaytirişga tayyor haydovçilar uçun esa xarajatlarning bir qismi böyiça subsidiya ajratiladi.
Şu bilan birga, poytaxt va yirik şaharlarda jamoat transportini rivojlantiriş ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Şahar köçalarida avtobus va taksilar uçun maxsus yölaklar soni köpaytiriladi. Toşkent, Samarqand va Namangan şaharlarida transport harakatini intellektual svetoforlar orqali boşqariş tizimi joriy etiladi.
Elektromobillardan foydalanişni kengaytiriş maqsadida ekologik avtomobillarni köpaytiriş böyiça beş yillik dastur amalga oşiriladi. Unga muvofiq, mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.
Şuningdek, elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarini taşkil etiş uçun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yer maydonlarini auksiondan 2 karra arzon narxda sotib oliş imkoniyati yaratiladi. Quvvatlaş stansiyalarida zaryadlaşda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 sömdan oşgan qismi davlat budjeti hisobidan qoplab berilişi ham nazarda tutilgan.
Elektromobilda taksi xizmati körsatayotgan fuqarolar uçun ham qöşimça imtiyozlar joriy etilişi aytildi.












