Toşkent şahar hokimi örinbosari Abdulaziz Isroilov boşçiligidagi delegatsiya Londonda ötkazilgan çiqindilarni qayta işlaş yönalişida Özbekiston–Britaniya hamkorligiga bağişlangan biznes-forumda qatnaşdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elçixonasida taşkil etilgan tadbirda Britaniya Eksportni moliyalaştiriş agentligi (UKEF), CDE Group, Kiverco, Fichtner, Operis kabi kompaniyalar vakillari hamda yirik sarmoyadorlar iştirok etdi.

Forum doirasida çiqindilarni qayta işlaş böyiça asbob-uskunalar işlab çiqaruvçi yetakçi Britaniya kompaniyalari — CDE Group va Kiverco tomonidan Özbekistonda amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar böyiça taqdimotlar ötkazildi.

Tadbir yakunida CDE Group va Kiverco kompaniyalari tomonidan Toşkentda qurilişi rejalaştirilgan çiqindilarni qayta işlovçi zavod loyihasi yuzasidan bitim imzolandi.

Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi uçun Londonda joylaşgan çiqindilarni qayta işlaş obektlariga taşrif taşkil etilib, mazkur yönalişda Britaniyaning ilğor tajribasi örganildi.