16:55 / 19.03.2021
5962

Bolgariya harbiy razvedkasi xodimlari Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanmoqda

Bolgariya bosh prokuraturasi vakili Siyka Milevaning so‘zlariga ko‘ra, guruhga Bolgariya sobiq razvedkasining sobiq yuqori martabali amaldori boshchilik qilgan.

Foto: AP

Bolgariya harbiy razvedkasining bir necha nafar xodimlari Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Bolgariya bosh prokuraturasi vakili Siyka Mileva ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, guruhga Bolgariya sobiq razvedkasining sobiq yuqori martabali amaldori boshchilik qilgan. 

Avvalroq BNT telekanali o‘z manbalariga tayanib Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlangan bir necha kishi qo‘lga olingani haqida xabar qilgandi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, milliy xavfsizlik agentligi xodimlari ularni qo‘lga olish bo‘yicha maxfiy operatsiya o‘tkazgan. Sofiyaning janubiy rayonlari va Pernik shahri yaqinidagi manzillarda tintuvlar o‘tkazilgan.

Mavzuga oid
Top