08:43 / 25.03.2021
2226
Xo‘jaylida 5 kishi ishtirokidagi mushtlashuvga nima sabab bo‘lgani ma'lum bo‘ldi

Kecha Xo‘jayli tumanida 5 kishi bir-biri bilan mushtlashgani haqida xabar bergan edik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 19 mart kuni 20:00 larda #Xo‘jayli_tumani «Krujka» kafesi yonida Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro R.M. hamda uning yonidagi ikki nafar sheriklari P.A. va N.A.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal natijasida P.A. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasidan ko‘rikdan o‘tgan. 

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan, Xo‘jayli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho beriladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nukusda 3 kishi va restoran musiqachisi o‘rtasida mushtlashuv yuz bergan hamda musiqachi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgandi.

Top