Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5 avgust kuni Qo‘qon shahar Obod mahallasida fuqaro A.N. va A.G‘. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjal kelib chiqib, ular bir-biriga jarohat yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52- va 183-moddalari tartibida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida keltirilgan moddalari yengil tan jarohati yetkazish va mayda bezorilik bilan bog‘liq.















