18:26 / 06.04.2021
1067
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi
Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Universitetda pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar Universitetda ta'lim jarayonini davom ettiradilar.

Andijon viloyati, Andijon shahri, Do‘stlik ko‘chasi, 4-uy hamda Andijon shahri, Cho‘lpon shohko‘chasi, 38-uy manzillaridagi Universitetning bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Top