90 yillik tarixga ega Andijon davlat universitetini mustaqillik yillarida 50 mingdan ziyod talabalar tamomlab, mamlakatimiz rivojiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelmoqdalar. Bugungi kun yoshlari yuksak darajada bilim olishi uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining mavjud 53 ta yo‘nalishlarida 24 ming nafar talaba o‘qiydi. Tanishtiruv ruknida – Andijon davlat universiteti

Vodiy viloyatlarida yetakchilardan bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining bu yil abituriyentlarga qanday yangiliklari bor?

Universitetda:

- Filologiya,

- Fizika-matematika,

- Ijtimoiy iqtisodiyot,

- Tarix,

- Pedagogika,

- Tabiiy fanlar,

- Jismoniy madaniyat,

- Maktabgacha ta’lim,

- San’atshunoslik,

- Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetlari mavjud. Ularda 32 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Kunduzgi ta’limda 3 ta:

- Sotsiologiya,

- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha),

- Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari 2022-2023 o‘quv yilida ochildi. Kunduzgi ta’limda jami bo‘lib 25 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud.

Masofaviy ta’limda:

- Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi,

- Kompyuter injiniringi: AT-Servis ta’lim yo‘nalishlari 2022-2023 o‘quv yilida yangi ochildi.