4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti binosining törtinçi qavatidan homilador ayol tuşib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Universitet axborot xizmati hodisada jabrlanuvçi ta'mirlaş hududida örnatilgan belgilarga e'tiborsiz bölganini bildirib, u homilador bölgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.
«4 dekabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining Amaliy psixologiya yönalişi 2-bosqiç talabalarining ota-onalari uçun majlis ötkazilgan. Majlis universitetning Tarix fakulteti binosining 4-qavatida joylaşgan kiçik majlislar zalida bölib ötgan. Unda iştirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yiğilişdan çiqib, telefonda yaqinlari bilan suhbatlaşiş davomida quriliş bölayotgan hududni anglatuvçi tösiqlarga ahamiyat bermasdan zinapoyaga yurişi natijasida tuşib ketgan.
Hodisa yuz bergan vaqtning özidayoq universitetning mas'ul xodimlari tomonidan şoşilinç tez yordam çaqirilib, fuqaro respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet ma'muriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinçi yordam körsatilgan.
Ayni paytda uşbu binoda kapital ta'mirlaş işlari olib borilayotgan bölib, voqea sodir bölgan zina tomondan çiqiş yopilgan. Törtinçi qavatda xavfsizlikni ta'minlaş, talabalarni quriliş bölayotganidan ogohlantiriş uçun tösiq sifatida stollar oralatgan holatda joylaştirilgan. Şunday bölsa-da, fuqaro boşqa xayollar bilan tösiqqa e'tibor qilmasligi natijasida baxsiz hodisa sodir bölgan», deyilgan xabarda.
5 dekabr kuni Boş prokuratura matbuot xizmati uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilganini ma'lum qildi.
«4 dekabr kuni 28 yoşli ayol Andijon davlat universitetiga uşbu oliygohning 2-bosqiç talabasining oila a'zosi sifatida ta'mirlaş işlari amalga oşirilayotgan Tarix fakulteti binosida bölib ötadigan ota-onalar majlisiga kelgan.
Şunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning tösiqlari bölmagani sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va oğir tan jarohati olgan.
Olib borilgan tekşiriş harakatlari davomida uşbu binoda ta'mirlaş işlarini olib borayotgan S.Haus MÇJ işçilari tomonidan zinapoyalarning tösiqlari olib taşlanib, quriliş işlari amalga oşirilayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.Haus MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan», deyiladi xabarda.












