21:53 / 14.04.2021
24494
Klichko urush xavfi sababli ukrainaliklarga murojaat bilan chiqdi

Vitaliy Klichko ukrainlarni qo‘rqmaslikka va birlashishga chaqirdi.

Foto: Facebook / Klichko - mer

Kiyev meri va Ukraina shaharlari assotsiatsiyasi raisi Vitaliy Klichko Rossiya tajovuzi sababli ukrainaliklarga murojaat bilan chiqdi. Klichkoning videomurojaati uning Facebook sahifasida joylashtirildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ukrainlar qo‘rqmasligi lozim.

"Bugun dushman o‘z qo‘shinlarini davlatimiz chegarasiga olib keldi. U ukrainaliklar orasida qo‘rquv va vahima uyg‘otishga urinmoqda. Ukraina shaharlari assotsiatsiyasi har bir ukrainalikka murojaat qiladi: qo‘rqmang! Tekshirilmagan axborotga ishonmang va uni tarqatmang. Biz o‘z yerimizdamiz. Haqiqat biz tarafda, shuning uchun butun dunyo bizni qo‘llab-quvvatlamoqda", - deya Klichkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Gordon" nashri.

U barchani birlashishga chaqirdi.

"Biz Ukraina armiyasining kuchiga ishonamiz. Biz ukrainalik diplomatlarga ishonamiz. Bugun birlashish vaqti. Tik turish uchun birlashadigan vaqt. G‘alaba qozonish uchun birlashadigan vaqt", - dedi Klichko.

30 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ruslan Xomchak Rossiya Ukraina bilan chegara va Qrimda qo‘shinlari sonini oshirayotganini aytgandi.

Oxirgi paytda Donbassdagi vaziyat keskinlashayotgani bois AQShning Yevropadagi qo‘shinlari qo‘mondonligi yuqori darajadagi tayyorgarlik holatini e'lon qildi.

Mavzu
Ukraina mojarosi
2020 yil mart oyi oxirida ukrainalik harbiylar Donbassdan berilgan artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Aprel oyi boshida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘play boshladi.
Barchasi
Top