23:07 / 18.04.2021
28244

Turkmaniston prezidentining otasi vafot etdi

 Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi - Malikguli Berdimuhamedov 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda 18 aprelda Turkmaniston davlat axborot agentligi ma'lum qildi.

Foto: tdh.gov.tm

Ma'lumotlarga ko‘ra, Malikguli Berdimuhamedov 1932 yil 12 avgustda Go‘ktepa tumanining Birleshik-1 qishlog‘ida tavallud topgan. Mehnat faoliyatining boshida kutubxonachi, so‘ngra boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

 Malikguli Berdimuhamedov 1958 yildan 1982 yilgacha ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarni egallagan, podpolkovnik unvonida pensiyaga chiqqan. Shundan keyin u uzoq yillar o‘qituvchilik qilgan, Ta'lim milliy institutida, Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Ashxobod shahri ta'lim boshqarmasida faoliyat yuritgan.

 Ichki ishlar tizimidagi faoliyati davomida jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini saqlashdagi xizmatlari uchun turli faxriy yorliqlar, ko‘krak nishonlari va medallar bilan taqdirlangan.

 Uning nomi Turkmaniston ichki ishlar vazirligining Ashxoboddagi 1001-sonli harbiy qismiga va vazirlikning turar joy majmuasiga berilgan. 

Top