17:38 / 19.04.2021
7865

NASA vertolyoti Marsdagi ilk parvozini amalga oshirdi

Parvoz dastlab 11 aprelga mo‘ljallangandi, ammo dasturiy ta'minotdagi nuqson sababli keyinroqqa qoldirilgandi.

NASA agentligining Ingenuity vertolyoti Marsdagi dastlabki parvozini amalga oshirdi. Vertolyot sayyora sathidan uch metr balandlikka ko‘tarilib, havoda yarim daqiqa turdi, so‘ngra pastga qaytdi.

Ingenuity diametri 1,2 metrli ikkita parrakka ega uchuvchi qurilma bo‘lib, u Perseverance marsoxodi yordamida Marsga keltirilgan.

Parvoz dastlab 11 aprelga mo‘ljallangandi, ammo dasturiy ta'minotdagi nuqson sababli keyinroqqa qoldirilgandi.

Ingenuity yaqin kunlarda bir nechta parvozlarni amalga oshiradi va sayyora sathida fotosuratlar oladi.

Top