17:50 / 22.04.2021
10881
Gurbanguli Berdimuhammedov o‘g‘liga «Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan it boquvchisi» faxriy unvonini berdi
Foto: turkmenportal.com

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘z o‘g‘li, Bosh vazir o‘rinbosari, Oliy nazorat palatasi raisi va «Turkmen Alabay» Xalqaro assotsiatsiyasi rahbari Serdar Berdimuhamedovni «Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan it boquvchisi» unvoni bilan taqdirladi.

Davlat rahbarining bu haqdagi farmoni 21 aprel kuni imzolandi, deya xabar berdi Turkmaniston televideniyesining «Vatan» yangiliklar dasturi.

Faxriy unvon Serdar Berdimuhamedovga «Turkmaniston mustaqilligi yillarida zamonaviy dunyo ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda, dunyo miqyosida Alabayning shon-sharafini oshirib, tizimni parvarish qilish va ko‘paytirishda erishgan ulkan yutuqlari uchun» berilgan.

Serdar Berdimuhamedovga bu haqda ko‘krak nishoni va sertifikat topshirilgan.

Ma'lumot uchun, Turkmanistonda prezident Berdimuhamedov tashabbusi bilan alabay iti sharafiga bayram kuni joriy qilingan.

Turkman alabay bayrami aprel oyining har so‘nggi yakshanbasida Milliy axaltekin oti kuni bilan birga nishonlanadi.

Top