17:16 / 28.04.2021
673
O‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora olgan shaxs aniqlandi
Foto: KUN.UZ

Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan 2020 yil avgust va sentabr oylarida Jizzax shahrida yashovchi Sh.D. fuqaro Yu.A. va boshqalarning farzandlarini Jizzax davlat Pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Yu.A.dan 1.000 dollar, B.A.dan 800 dollar va A.Z.dan 700 dollar mikdordagi mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shahar IIO FMB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda fuqarolarning xabardorligisiz ularning nomiga kredit olib, o‘zlashtirgan bank xodimlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va bankdan 1 million yevro kredit olib berishini aytib fuqarodan 27 ming dollar olgan shaxslar ushlangani haqida malumot berilgan edi.

Top