Jizzax viloyati Döstlik tumanida fuqarolarga ularning xabardorligisiz imtiyozli kredit ajratib özlaştirgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentini xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Döstlik tuman bölimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, ATB «Mikrokreditbank» Döstlik mini banki mudiri va xodimlari sodir etgan jinoyatlar aniqlangan.
Jumladan, mazkur bankning mudiri Ş.B., xodimi D.Q. va boşqalar mansab vakolatini suiiste'mol qilib, 2019-2020 yillarda 7 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomidan imtiyozli şartlarda 156 million söm kredit mablağlarini rasmiylaştirgan. Söng, uşbu mablağlarni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qiliş) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzaxda firibgarlik va mablağlarni talon-toroj qilganlik holatlari aniqlandi










