Jizzax viloyatida bankdan 1 million yevro kredit olib berişini aytib fuqarodan 98 million söm va 27 000 AQŞ dollarini qölga kiritgan firibgarlarga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro Ş.Q. va boşqalar fuqaro J.ning işonçiga kirib, firibgarlik qilganlari aniqlangan.
Jumladan, ular yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Angren şahrida quriliş işlarini bajariş uçun tegişli hujjatlarni olib beriş hamda quriliş mahsulotlari işlab çiqariş uçun bankdan 1 million yevro kredit olib beriş evaziga J.ning 98 million söm va 27 ming dollar pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Ş.Q. va boşqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Xorazmda 5 ming dollar, Jizzaxda 50 mln söm evaziga yer olib berişni va'da qilgan şaxslar uşlandi
Navoiyda soxta hujjatlar bilan katta miqdorda kredit olgan firibgarlarga jinoiy iş qözğatildi












