Qo‘qon shahrida 11 may kuni oilaviy korxona rahbari R.U. IIBga murojaat qilib, noma'lum shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan oilaviy korxona omboriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, jami narxi 46 282 000 so‘mlik mol-mulklarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.M. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Avvalroq Marg‘ilon shahrida voyaga yetmagan shaxsning avtomashina salonidan 5 300 dollardan ziyod pullarni o‘g‘irlagani haqida ma'lum qilingan edi.