10:36 / 08.06.2021
9386
Koronavirus: Bir kunda 199ta yangi holat aniqlanib, 3 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda qariyb 200ta yangi holat aniqlangani va 300ga yaqin bemor tuzalgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 7 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102163 (+199) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 22 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 3 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
  • Andijon viloyatida 24 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 63 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent viloyatida 83 nafar,
  • Toshkent shahrida 54 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98129 (+268) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 699 nafarni tashkil qildi. So‘nggi marta 7 may kuni kunlik o‘lim ko‘rsatkichi 3tani tashkil etgandi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3335 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top