17:14 / 25.06.2021
13685

Masjidlarda kunlik va juma namozlarini ochiq havoda tashkil qilish tavsiya etildi

Cog‘liqni saqlash vazirligi ibodat amallarini ochiq havoda tashkil etish tavsiya qilinishi haqida xabar berdi.

Yurtimizdagi mavjud epidemiologik holatdan kelib chiqib, mas'ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan:

  • kunlik va juma namozlari faqat masjidning ochiq havodagi maydonlari (ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki ko‘chalar)da tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi;
  • 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarga diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirish;
  • Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarni yuqoridagi tartiblar asosida amalga oshirish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning martida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqini boshlangach, masjidlarda jamoat namozlari to‘xtatilgandi.

8 iyunga kelib, mamlakatda birinchi qat'iy karantin yumshatilishi asnosida faqat «yashil» hududlardagi masjidlar ochilishiga ruxsat berildi va jamoat namozlari ilk marta ijtimoiy masofa saqlangan holda o‘qildi.

10 iyuldan mamlakatda ikkinchi qat'iy karantin boshlanib, cheklovlar avgust o‘rtasiga kelganda yumshatildi va 17 avgustdan masjidlar yana ochildi. Shu bilan birga, koronavirus xavfi tufayli juma namozlari ado etilishiga ruxsat berish keyinroqqa qoldirildi.

Ko‘p o‘tmay, 1 sentabr kuni Respublika maxsus komissiyasi juma namozlarini endi masjidlarda o‘qish mumkinligini e'lon qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top