Maxsus komissiya: Shu haftadan boshlab juma namozlarini masjidlarda o‘qish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda juma namozlarini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi. Bu haqda koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida aytiladi.

Qarorga ko‘ra, diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Maxsus komissiya a'zosi, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz’ga aniqlik kiritishicha, jamoaviy ibodatlarni 2020 yil 4 sentabr, juma kunidan boshlab amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Bunda ushbu obektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:
- jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta'minlash;
- diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi;
- sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
- har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
- bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.
- tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
- diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat'iy yo‘l qo‘ymaslik.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

18:53 / 24.01.2022
5 dollardan pullangan ekspress-test aslida 15 ming so‘m edi

17:57 / 24.01.2022
O‘zbekistonga kirishda majburiy ekspress-test topshirish talabi bekor qilindi

14:13 / 21.01.2022
Takror ekspress-test: maqsad nima?

21:36 / 23.03.2021