Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: «Yashil» hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi
8 iyundan «yashil» hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi.
Bugun, 8 iyundan «yashil» hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jomelarda erta tongdan kelgan namozxonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda bomdod namozini ado etdilar. Shu bilan «yashil» hududlarda karantin mezonlariga amal qilgan holda ibodatlar boshlandi.
«Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni «Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir», degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib o‘tmoqda. Chindan ham, har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz o‘z faoliyatini qaytadan boshlayotgan jomelarimiz misolida yaqqol his etmoqda.


Ta'kidlash kerakki, «sariq» va «qizil» hududlar «yashil» hududga o‘tgunga qadar bir oz sabr qilamiz, kelgusida u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, insha Alloh», - deyiladi xabarda.
Avvalroq, «yashil» hududlardagi masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha talablar belgilangandi.






Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
13:20 / 15.05.2026