U Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi koronavirus tarqalişining oldini oliş yuzasidan yurtimizdagi musulmonlarga murojaat va çaqiriğini öqib eşittirdi.

«Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlaşgungaça juma namozlari örniga uyda peşin namozini öqisinlar. Şuningdek, beş vaqt namozlarni ham uyda ado etsinlar.

Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoşlari iştirokida xonadonlarda öqilsin.

Masjidlarda namoz vaqtini bildiriş uçun azon öz vaqtida aytilsin.

Mö'min-musulmonlar imkon qadar kasallik tarqalişining oldini olişga öz hissalarini qöşsinlar.

Har bir musulmon ibodatlar va duolarda Alloh taolodan uşbu kasallikni daf qilişini sörab, ixlos bilan iltijo qilişlari lozim.

Dinimiz poklikka buyurar ekan, kasallikning oldini oliş borasidagi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tavsiya etilgan körsatmalarga qat'iy amal qiliş har bir musulmonning vazifasidir.

Karantin davrida masjidlar va tahoratxonalarda Soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyalari asosida davriy dezinfeksiya işlari ötkazilsin.

Bunday vaziyatlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa zarur vositalarning narxini oşiriş, sun'iy ravişda taqçillikni yuzaga keltiriş hamda aholi örtasida turli vahimali xabarlarni tarqatiş şar'an haromdir», degan Özbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov «Özbekiston 24» telekanali efirida.

Qayd etilişiça, uşbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlar hamda boşqa ölkalardagi yirik islomiy taşkilotlar va ulamolarning uşbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilingan.

«Aziz yurtdoşlar, muhtaram mö'min-musulmonlar. Bu holat vaqtinçalik bölib, epidemiologik holat barqarorlaşganidan söng jamoat bölib ibodatlarni davom ettiramiz, inşaalloh», degan muftiy.

  • 15 mart kuni Özbekistonda koronavirusga çalinişning ilk holati qayd etildi. Ayni vaqtda virus yuqtirgan özbekistonliklar soni 6 nafarni taşkil qilmoqda.
  • 15 mart kuni boş vazir Abdulla Aripov iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida hukumat mamlakatdagi barça diniy idoralarga diniy marosimlarni ötkazişni vaqtinça çeklaş böyiça murojaat bilan çiqqani, juma namozlari töxtatilişi mumkinligi xabar qilingandi.