20:22 / 30.06.2021
12737

Qurg‘oqchilikka qarshi kurashishning yangi usuli topildi

Dubaydagi suv fermasida yiliga 1,5 million litrga yaqin suv olinadi.

Amerikaning SOURCE kompaniyasi sahrolarda quyosh nuri yordamida havodan suv oluvchi panel ko‘rinishidagi generatorlarni o‘rnatmoqda, deb yozadi CNN.

Gidropanellarning quyosh batareyalari havoni tortib oluvchi hamda suv bug‘ini ajratib oluvchi material orqali o‘tkazadigan ventilyatorni quvvatlantiradi. Kondensatlangan suvning ta'mini yaxshilash uchun suvga magniy va kalsiy qo‘shiladi. 

«Quyosh energiyasidan foydalanib havodan suv olish mumkin. Elektr va maxsus infratuzilmaga hojat yo‘q», — dedi kompaniyaning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti Vohid Fotuhiy.

Kompaniya Afrika va Osiyoning bir nechta mamlakatlaridagi shifoxona va maktablarda quyosh gidropanellarini o‘rnatgan.

Kompaniyaning Dubaydagi suv fermasida yiliga 1,5 million litrga yaqin suv olinadi.

Top