21:00 / 02.07.2021
4155
Kuvayt fazoga birinchi sun'iy yo‘ldoshini chiqardi

Kuvayt fazoga birinchi sun'iy yo‘ldoshini chiqardi. «Qamar Al Kuvayt» (QMR-KWT), ya'ni «Kuvayt Oyi» deb nomlangan qurilma orbitaga AQShning Falcon 9 raketasi yordamida chiqarildi.

Foto: NASA

Raketa 85ta sun'iy yo‘ldosh bilan birga Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kuvaytning ilk sun'iy yo‘ldoshi 10 kub santimetr hajmdagi va 1 kilogramm og‘irlikdagi nanoyo‘ldosh bo‘lib, u Quyosh orbitasiga, sinxron orbitaga chiqarildi. Sun'iy yo‘ldosh Kuvaytda koinot ta'limi va texnologiyalarini ilgari surish bilan shug‘ullanuvchi Orbital Space xususiy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

«Maqsadimiz fazoni barcha uchun ochiq qilish va biz ushbu loyihani hamkorlarimiz bilan amalga oshira olganimizdan xursandmiz», deb aytgan kompaniya bosh direktori Bassam al-Fayliy.

Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, QMR-KWT talabalar uchun ta'lim platformasi hisoblanadi. Loyiha talabalarga sun'iy yo‘ldosh texnologiyalarini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shish imkonini berishga hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarga keyingi avloddagi aloqa sun'iy yo‘ldoshlaridan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan.

Top