Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya raketaci Eron sun’iy yo‘ldoshlarini kosmosga chiqardi
Rossiyaning “Soyuz” raketaci Eronning “Kosar”, “Paya” va “Zafar-2” sun’iy yo‘ldoshlari bilan taxminan 500 kilometr balandlikdagi Yer past orbitasiga chiqdi.
Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov
Rossiya uchta Eron sun’iy yo‘ldoshlarini fazoga uchirdi, deb xabar berdi Reuters agentligi yakshanba, 28 dekabr kuni. Eronning “Kosar”, “Paya” va “Zafar-2” sun’iy yo‘ldoshlari o‘rnatilgan Rossiyaning “Soyuz” raketaci Uzoq Sharqdagi “Vostochnyy” kosmodromidan uchirildi va taxminan 500 kilometr balandlikdagi Yer past orbitasiga chiqdi.
Tehron ma’lum qilishicha, uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tabiiy ofatlarni kuzatib borishga mo‘ljallangan. Dpa agentligi eslatishicha, Eron avval ham kosmosga bir nechta sun’iy yo‘ldoshlarni uchirgan. Mamlakat bu dastur mutlaqo tinch maqsadlarga xizmat qilishini va harbiy maqsadlarda qo‘llanmasligini ta’kidlaydi.
“Eron shunchaki o‘z texnologiyalarini rivojlantirmoqda, sun’iy yo‘ldoshlar uchirish esa shu jarayonning bir qismi”, — dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chi. U ushbu uchirishni “sof ilmiy missiya” deb atadi.
Isroil va G‘arb mamlakatlari, jumladan AQSh, Eronning sun’iy yo‘ldoshlar dasturiga tanqidiy ruhda qaraydi. Ularda Tehron kosmik texnologiyalarni harbiy maqsadlarda qo‘llashi mumkin, degan xavotir bor. Tanqidchilar, jumladan, ilmiy dasturda Islom inqilobi muhofizlari korpusi kabi harbiy tuzilmaning ishtirokiga ham ishora qiladi.