13:46 / 03.07.2021
9557

Abdulaziz Komilov Vashingtonda Zalmay Xalilzod bilan muzokaralar o‘tkazdi

2021 yil 2 iyul kuni O‘zbekicton tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TIV xabariga ko‘ra, tomonlar afg‘on mojarosini hal qilishning hozirgi holati istiqbollarini hamda mintaqada tez muddatlarda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashuvchi choralarni muhokama qildi.

Afg‘onlararo muzokaralarni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy savdoni rivojlantirish, investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, Afg‘onistonni mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalashuvini tezlashtirishga o‘zaro intilishning mavjudligi ta'kidlandi.

AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili joriy yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi, deyiladi ma'lumotda.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top