15:02 / 09.07.2021
9093

Onaizor faryodi: “Bolam davolanishi uchun 56 yoshimda mardikorchilikka chiqyapman...”

Tahririyatimizga og‘ir operatsiya tufayli saxiylar ko‘magini kutib murojaat qilayotganlar juda ko‘p. Namanganlik Rahmon Ko‘payev ham og‘ir dardga chalingan. Sog‘ayishning, hayotni saqlab qolishning yagona chorasi buyrak ko‘chirish amaliyoti.

“Kunora dializga qatnayman, bir marta borishimga kamida 200-300 ming sarflanadi. Bu pul tomoni, og‘riqlarni, azoblarni aytmay qo‘ya qolay... Oilamni ham qiynab qo‘ydim, bolalarim hali yosh. Ayolim menga qarayman deb biror joyda ishlay olmaydi. Menga chiqib turgan nafaqani ishlatamiz, tanish-bilishlar yordam berishadi.

Shifokorlarning gaplariga ko‘ra yagona chorasi buyrak ko‘chirish ekan. Tekshiruvdan o‘tganman, gap mablag‘ga taqalib turibdi. O‘zi shundoq ham badavlat oila emasdik. Kasallik tufayli butkul cho‘kib qoldik”, – deydi Rahmon Ko‘payev biz bilan suhbatda.

Rahmonning onasi Jamila opa ham tahririyatimiz bilan bog‘landi:

“Ona uchun farzandining so‘nib borishidan ortiq sinov bo‘lmasa kerak. Rahmonbek o‘g‘limning oyog‘iga ham protez qo‘yish kerak, lekin hozir buyragi birinchi masala bo‘lib turibdi. Nabiralarim hali juda yosh, har kuni otasining qiynalishini ko‘rib mo‘ltirashadi. Bolamga yordam bo‘lsin deb mardikorchilikka chiqaman. Harna-da...” – deydi onaizor yig‘lab.

Rahmonning operatsiyasiga zarur 60 mln mablag‘ni yig‘ish uchun saxovatli hamyurtlarimiz yordami kerak. Yaxshiki bunday insonlar juda ko‘p va bu bemorni ham yolg‘izlatib qo‘ymaydilar.

Rahmon Ko‘payevga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 6532 5195 (Xalq banki, Rahmon Ko‘payev nomida)

Viza: 4278 3100 2065 9785 (Rahmon Ko‘payev nomida)

Sberbank: 4817 7603 5681 0907 (Ma'rifjon Mamajonov nomida)

Telefon: +998978284565 (onasi)

Abror Zohidov, Tohirjon Tursunov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top