12:51 / 10.07.2021
2005
Buxoroda 2 500 dollar evaziga fuqaroni OTMga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi

Buxoroda fuqaroni magistratura yo‘nalishiga o‘qishga kiritish uchun 2 500 AQSh dollari olayotgan OTM o‘qituvchisi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi N.F. ushlangan.

U, fuqaro E.E.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari orqali universitetning maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 2 500 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top