Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida 22 tup manzarali daraxtni kesgan uç kişi 171 million sömdan ortiq jarimaga tortildi.
Viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasining ma’lum qilişiça, tumandagi “Xöjalar” MFY hududida daraxtlarning kesilişi bilan boğliq videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, viloyat prokuraturasi hamda Qoraköl tuman IIB bölimi bilan hamkorlikda örganiş işlari olib borilgan.
Olib borilgan örganiş işlari davomida 3 nafar fuqaro tomonidan har xil ölçamdagi 22 tup manzarali daraxtni kesib taşlagani aniqlangan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan şaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, tabiatga yetkazilgan zarar uçun 146 million 200 ming söm hamda 25 million 500 ming söm jarima undiriş belgilandi.












