Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Zarafşon daryosi ustiga qurilgan köprik yuk maşinasi ötayotganda qulab tuşgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda oğir yuk maşinasining orqa qismi daryoga tuşib ketgani va old qismi yerdan uzilib, kötarilib qolganini köriş mumkin.
Ma’lum qilinişiça, yuk maşinasining daryoga qulab ketişi hodisasida heç kim halok bölmagan.
Hozirda Jondor tuman hokimligi tomonidan tuzilgan işçi guruh mazkur holat böyiça örganişlarni olib bormoqda.
«Işçi guruhning yakuniy natijasi böyiça batafsil ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, fevral oyi oxiri, mart oyi boşlarida yoğib ötgan yomğirlar oqibatida respublikaning bir neça hududida köpriklarni suv yuvib ketgan va ularning ayrimlari qisqa muddatda ta’mirlangan edi.
Bundan taşqari, 2024 yil 16 fevral kuni Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanidagi köprikning bir qismi yuk maşinasi ötayotganda qulab tuşgandi.












