18 mart kuni soat 10:30 atrofida Buxoro viloyati Kogon tumanida avtobus va yuk avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabariga köra, tartibga solingan çorrahada 33 yoşli haydovçi O.Ş. boşqaruvida bölgan avtobus hamda 40 yoşli haydovçi M.M. boşqaruvidagi yuk avtomobili töqnaşgan.

«YTH yuzasidan tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qöşimça ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilişiça, 5-ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabi öquvçilari 2 ta avtobusda Buxoro şahridagi drama teatriga borayotgan bölgan, ulardan biri YTHga uçragan.

YTH oqibatida bir nafar öquvçi voqea joyida vafot etgan, yana bir kişi tan jarohati olgan. 25 nafar yölovçiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Öquvçilar Buxoro va Kogon şaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy körikdan ötkazilmoqda.

Kun.uz manbasiga köra, maktab öquvçilari dars paytida Buxoro viloyati drama teatriga tomoşaga olib ketilayotgan bölgan.

Xabar.uz sayti yozişiça, avtobus va HOWO rusumli yuk maşinasi töqnaşgan va maşinalarning har ikkisi ham ağdarilib ketgan.

«Töğrisi, biz istamasak-da, Buxoro viloyat drama teatriga öz hisobimizdan tomoşaga olib ketişayotgan edi. Öğil bolalarni boşqa avtobusga, qiz bolalarni boşqa avtobusga joylaştirişdi. Bizning avtobus avtohalokatga uçragan avtobus orqasidan ketayotgan edi. Köz oldimizda şunaqa dahşatli töqnaşuv böldiki, es-huşimizni yöqotayozdik. Axir, u avtobusda bizning öğil bola sinfdoşlarimiz bor edi», deya Kogon tumanidagi 5-umumiy örta ta’lim maktabi öquvçisining sözlari keltirilgan xabarda.

Avtobusdagilar 9-11-sinflar öquvçilari bölişgan. 9-sinf öquvçisi bölgan qiz sinfdoşi O.J. ismli öğil bola voqea joyida vafot etgani va uni ekspertizaga olib ketişganini aytgan.