Samarqand viloyatida oliy öquv yurtiga öqişga kiritiş bilan boğliq firibgarlikka çek qöyilgan. Öqişga kiritişini aytib, fuqarodan 7000 AQŞ dollari olayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 26 iyun kuni Samarqand viloyat IIBga, R.Ş. va M.M.lar ariza bilan murojaat qilgan. Ular öz arizasida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yaşovçi «Hasan» va «Akmal» ismli şaxslar R.Ş.ni Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilgan holda, 7 000 dollar berişini talab qilayotganligini ma'lum qilib, ularga nisbatan qonuniy çora körişni söraşgan.
Qayd etilişiça, arizaga asosan, şu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida, Samarqand şahridagi xususiy öquv markazi rahbari B.A. xizmat xonasida R.Ş. va M.M.lardan 7 000 dollar pullarni olgan vaqt aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Körilgan çoralar natijasida uning jinoiy şerigi E.X. qölga olingan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 26 iyun kuni Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzaxda 3500 dollar evaziga öqişga kiritmoqçi bölgan firibgar uşlandi












