Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda fuqaroni 4000 dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida fuqaroni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan o‘qituvchi ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi Sh.D. firibgarlik jinoyati bilan ushlangan.
U fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini 4 ming dollar evaziga Toshkent shahridagi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, kelishilgan summadan 2 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 16.03.2026
Jizzaxda «operativnik» firib ustida qo‘lga olindi
21:12 / 15.03.2026
Jizzaxda tenderda g‘olib chiqishga yordam berish evaziga pul talab qilganlar ushlandi
09:12 / 09.03.2026
DXX tezkor tadbirlarida ikki nafar shaxs pul olayotgan vaqtda ushlandi
11:39 / 28.02.2026