Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilardan firibgarlarga aldanib qolmaslik so‘raldi
Ayrim xususiy o‘quv kurslari Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilarga qo‘ng‘iroq qilib, kitob sotib olish va test yechib, bilimini sinab ko‘rishni taklif qilmoqda. Agentlik bunday xabarlarga ishonmaslikni so‘radi.
Prezident maktablari uchun bu yilgi imtihonlar qayerda o‘tkazilishi haqida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021/2022 o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga imtihonlar ochiq havoda o‘tkaziladi. Shu sabab har bir talabgor imtihonga bosh kiyim, masalan, kepka bilan kelishi talab etiladi.
Shuningdek, Prezident maktablariga hujjat topshirgan ota-onalar va o‘quvchilardan firibgarlarga aldanib qolmaslik so‘raldi.
“Bizga bo‘layotgan murojaatlardan ma'lum bo‘lishicha, ayrim xususiy o‘quv kurslari Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilarga qo‘ng‘iroq qilib, kitob sotib olish va test imtihonlaridan o‘tib, bilimlarini sinab ko‘rishni taklif etishmoqda. Bu kabi xabarlarga ishonmaslikni so‘rab qolamiz. Prezident maktablaridan nomzodlarga faqat PIIMAdan sms yuboriladi. Telefon raqami Perfektum kompaniyasiga tegishli bo‘lganlarga 1523 raqamlaridan xabar boradi. Boshqa raqamlardan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar va sms-xabarnomalar agentlikka tegishli emas”, – dedi agentlik matbuot xizmati rahbari.
Mavzuga oid
18:25 / 13.12.2024
KXDR fuqarolari AQSh kompaniyalariga yollanib, soxta ismlar ortidan pul topgani ma’lum bo‘ldi
14:08 / 03.12.2024
Vetnamning eng badavlat ayoli firibgarlik bo‘yicha ish apellyatsiyasida yutqazdi. Endi 9 mlrd dollar topa olmasa, uni qatl etishadi
20:49 / 30.11.2024
Navoiyda 162 xonadonli “novostroyka” 425 kishiga sotilgan. Jabrlanuvchilar tergovdan norozi
17:28 / 27.11.2024