12:57 / 19.07.2021
2131

Surxondaryoda texnikum xodimi kontrakt pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanib jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida texnikum xodimi kontrakt pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 may kuni Qumqo‘rg‘on tumani Bog‘aro mahallasida yashovchi, M.O‘rol tuman IIBga bildirish xati bilan murojaat qilgan. Unda, Agrosanoat texnikumida ishlovchi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, M.Azamat, texnikumga 2021 yilda o‘qishga qabul qilingan texnikum talabalaridan kontrakt pullarini olib, o‘zlashtirib yuborgani bildirilgan.

Jumladan, u tumanning Xalqobod mahallasida yashovchi, B.Muhabbatdan 1 million, Azlarsoy mahallasida yashovchi, Q.Hasandan 1,5 million so‘m, Bog‘aro mahallasida yashovchi, I.Jaloliddindan 1 million 45 ming so‘m hamda Sho‘rchi tumani Elbayon mahallasida yashovchi, X.Jamiladan 2 million 370 ming so‘m pulni olib o‘zlashtirib yuborgani ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 4 iyul kuni M.Azamatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top