Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ida 2021/2022-o‘quv yilida Prezident maktablariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan bog‘ joriy yil 23 iyuldan 31 iyulga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi.