Agentlikka köra, davlat madaniyat va istirohat boğlarining bino-inşootlarining mol-mulki va yer maydonlarining noqonuniy begonalaştiriliş holatlari aniqlangan bölib, bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, 12 ta viloyat va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududidagi barça madaniyat va istirohat boğlari xatlovdan ötkazilgan.

“Xatlov natijasida hududlardagi 262 ta boğlar 153 ta taşkilotlar tasarrufida bölib, ularning ayrimlari taşlandiq va qarovsiz holga kelib qolgani, ularni boşqariş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmayotgani aniqlandi va ulardan samarali foydalaniş böyiça takliflar işlab çiqilgan.

Işlab çiqilgan takliflar tegişli qaror loyihasi körinişida kelişiş uçun 11 ta vazirlik va idoralarga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklariga Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini işlab çiqiş va kelişişning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali yuborilgan.

Loyihada boğlarni xususiylaştiriş yoki boşqaça tartibda begonalaştiriş közda tutilmagan”, – deyiladi Davaktiv izohida.

Qayd etilişiça, bu loyiha barça vazirlik va idoralar, jamoatçilik fikrini inobatga olgan holda qayta işlangan holda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritiladi.

Agentlik qayta işlangan loyihaning keng jamoatçilik muhokamasiga çiqarilişi masalasiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, qaror loyihasida respublikadagi 196 ta istirohat boğini Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari huzuriga ötkaziş belgilangan. Botanika boği bu röyxatdan çiqarilsa, 195 ta boğ Qoraqalpoğiston hukumati va hokimliklar qöl ostiga ötişi mumkin.

6-7 oktyabrlar kuni Botanika boğini hokimlik ixtiyoriga ötkazmaslikni talab qilib qator faollar, şuningdek, Fanlar akademiyasi, Botanika instituti va Senat munosabat bildirgan edi.

Buning ortidan poytaxt hokimligi bu taşabbus muallifi emasligi va Botanika boği istirohat boğiga aylantirilmasligini aytib bayonot berdi