Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva Toşkent şahridagi Botanika boği töğrisida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Botanika boği - bu köngiloçar joy emas. Bu - butun şahrimiz har kuni nafas olayotgan Toşkentning "öpkasi". Bu - biz ğururlanadigan tarix", deydi u.
Qayd etilişiça, 70 yildan ortiq vaqt davomida iste’dodli olimlar uşbu boğda bebaho daraxtlar va ösimliklarni yetiştirgan, ularga öz mehr-muhabbatini bağişlagan.
"Yurtimizda bunday maskan boşqa heç qayerda yöq. Tabiatning ana şu bir parçasini asrab-avaylaş, uni himoya qiliş va bolalarimizga yetkaziş bizning burçimizdir. Men Botanika boğini tijoriy tuzilmalar boşqaruviga topşirişga qat’iyan qarşiman. Uning bir santimetri ham ijaraçi yoki quruvçilarga berilmasligi şart", deya ma’lum qildi prezident yordamçisi.
Bildirilişiça, boğni olimlar yaratgan va u olimlar ixtiyorida bölişi, butun özbekistonliklar uçun xizmat qilişi lozim.
"U Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi", deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining "Istirohat boğlari faoliyati va ularni boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida"gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.
Unga köra, madaniyat va istirohat boğlarini viloyatlar hokimliklari huzurida taşkil etiladigan "Istirohat boğlarini boşqariş direksiyalari" tasarrufiga ötkaziş közda tutilgan.
Poytaxt hokimligi bayonotiga köra, Botanika boği Toşkent şahar hokimligi balansiga ötkazilmaydi va hokimlik mazkur qaror taşabbuskori emas.
Hokimlik uşbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asraş, ösimliklar genofondini saqlaş va köpaytirişdagi ahamiyatini e’tirof etadi va uni istirohat boğiga aylantirişga yöl qöymaydi, deyiladi rasmiy bayonotda.












