08:34 / 25.07.2021
8480

Afg‘onistonda toliblar hujumlarini qaytarish uchun komendantlik soati kiritildi

Afg‘oniston hukumati “Tolibon” jangarilari hujumlariga samarali qarshilik ko‘rsatish uchun mamlakatning 34ta viloyatidan 31tasida komendantlik soati kiritdi. Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahmad Ziyo ma'lum qildi. 

Foto: Reuters

Uning ta'kidlashicha, toliblar “faoliyatini cheklash” maqsadida tungi vaqtda kiritiladigan komendantlik soati 22.00dan soat 04.00gacha amal qiladi.

“Komendantlik soati toliblarning tungi hujumlari oldini olish maqsadida kiritilmoqda, chunki hujumlarning asosiy qismi tungi vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu qaror poytaxt Kobul hamda Nangarhor va Panjsher viloyatlariga tegishli bo‘lmaydi”, deb ma'lum qilgan Ziyo.

Top