15:29 / 27.07.2021
3404

Qatar Airways yilning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi

Qatar Airways birdaniga sakkiz pog‘ona yuqori ko‘tarilgan. Bunga qadar Air New Zealand aviakompaniyasi birinchi o‘rinda edi. Reytingga hammasi bo‘lib 20 aviakompaniya kiritilgan.

Qatar Airways "Top Airlines in the World" reytingida "yil aviakompaniyasi" deb topildi. Reytingda parvozlar xavfsizligi, bortda xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchilarga yaratilgan qulayliklar va aviaparvozlar yo‘nalishlari hisobga olingan.

Shuningdek, ekspertlar aviakompaniyalarni  koronavirus pandemiyasiga qanday javob qaytarganini ham hisobga olgan.

Qatar Airways samolyot kabinalarining innovatsion yechimi, bortda xizmat ko‘rsatish darajasi va "koronavirus pandemiyasi davrida o‘z ishiga sodiq qolgani" uchun eng yaxshi aviakompaniya deb topildi, deb yozadi AirlineRatings.com.

Qatar Airways birdaniga sakkiz pog‘ona yuqori ko‘tarilgan. Bunga qadar Air New Zealand aviakompaniyasi birinchi o‘rinda edi. Reytingga hammasi bo‘lib 20 aviakompaniya kiritilgan.

Eng yuqori beshtalikdan, shuningdek, Air New Zealand, Singapore Airlines Ltd., Qantas Airways Ltd. va Emirates Airlines aviakompaniyalari joy olgan.

Ushbu reytingga faqat yettita xavfsizlik yulduziga ega aviakompaniyalar kira oladi.

Mavzuga oid
Top