21:08 / 27.07.2021
57725

Turdosh ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

2021/22 o‘quv yili uchun oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati belgilandi.

Ro‘yxat Davlat qabul komissiyasining 26 iyuldagi 2-son bayoniga asosan tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, talabalar o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibi joriy qilingan.

Ayni paytda respublikadagi bir OTMdan ikkinchi OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar transfer.edu.uz sayti, xorijdagi OTMdan O‘zbekistondagi OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar esa transfer.dtm.uz saytida qabul qilinmoqda.

Arizalar qabuli 5 avgustgacha davom etadi.

Top